
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi respublika miqyosida markazlashgan holda tashkil etilib, unda Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda sport sohasi mutasaddilari Urganch davlat universiteti sport maydonida jam bo‘ldilar. Tadbir ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda kuzatildi.
Marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda soha mutasaddilari so‘zga chiqib, olimpiadaning yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.
2026-yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” talaba-yoshlar o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.