Joriy yilning 3-4 fevral kunlari Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bazasida Xorazm viloyati sport boshqarmasi va O'zbekiston gandbol federatsiyasi hududiy bo'linmasi hamkorligida gandbol bo'yicha U-14 qizlar va o'smirlar jamoalari o'rtasida viloyat bosqich musobaqasi o'tkazildi.Mazkur musobaqada Yangibozor tuman 2-son sport maktabining qizlar jamoasi faxrli 2-o'rinni egalladilar.
Ushbu musobaqada vohaning 14 yoshgacha bo'lgan yosh gandbol ustalari g'oliblik uchun o'zaro bahs yuritishdi.
Yakuniy sarhisoblarga binoan, Xorazm viloyati chempionati shohsupasi quyidagicha ko'rinish oldi:
U-14 qizlar birinchiligi:
🥇1-o'rin - Bog'ot tumani
🥈2-o'rin - Yangibozor tumani
🥉3-o'rin - Urganch tumani
U-14 o'smirlar birinchiligi:
🥇1-o'rin - Gurlan tumani
🥈2-o'rin - Urganch shahar
🥉3-o'rin - Bog'ot tumani