Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 14-noyabrdagi "Yoshlar oʻrtasida shaxmat sport turini yanada rivojlantirish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid manzilli chora-tadbirlar dasturi " ijrosini taʼminlash maqsadida Yangibozor tumanida 2024-yil 20-dekabr kuni 5-son Maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyalanuvchilar oʻrtasida sportning shaxmat turi boʻyicha "Bolalar festivali" musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqada faol qatnashgan ishtirokchilar sport maktabi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.